Sogliq va xavfsizlik hamma narsadan muhimdir.
Turkiyada sogliqni saqlash tizimi rivojlangan va qonuniy ishlayotgan shaxslar davlat tibbiy xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
SGK
Turkiyada qonuniy ishlashni boshlaganingizda ish beruvchi sizning nomingizdan SGK yani Ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti badallarini tolashga majbur.
SGK royxatingiz amalga oshirilgandan song:
davlat shifoxonalarida tibbiy xizmatlardan foydalanishingiz
retsept bilan beriladigan dorilarni chegirma bilan olishingiz mumkin.
Shuningdek oilaviy yashash ruxsatnomasiga ega bolgan turmush ortogingiz va farzandlaringiz ham ushbu huquqlardan foydalanishlari mumkin.
Shu sababli sugurtasiz noqonuniy ishlashni hech qachon qabul qilmang.
Sugurtasiz ishlash nafaqat sogliq xizmatlaridan foydalanishni cheklaydi balki sizni qonuniy huquqlaringizdan ham mahrum qilishi mumkin.
Ish sogligi va xavfsizligi Ish sogligi va xavfsizligi
Qurilish zavod yoki ishlab chiqarish kabi xavfli ishlarda ishlayotgan xodimlarga ish beruvchi tomonidan himoya vositalari berilishi majburiy.
Bular quyidagilar bolishi mumkin:
himoya kaskasi baret
maxsus xavfsizlik poyabzali
qolqop
boshqa himoya vositalari
Ish beruvchi bu vositalarni taminlashi shart xodimlar esa ularni ishlatishi qonuniy majburiyat hisoblanadi.
Ish jarohati
Ish joyida yoki ishga borib-kelish vaqtida yuz bergan hodisalar ish jarohati sifatida qabul qilinadi.
Agar bunday holat yuz bersa shifoxonada yoki politsiya bayonnomasida bu hodisa ish joyida sodir bolganini albatta aytish kerak.
Bu keyinchalik kompensatsiya va boshqa huquqlaringiz uchun muhim hisoblanadi.
Favqulodda holat raqamlari
Turkiyada tez yordam politsiya va yongin xizmati 112 Favqulodda chaqiriq markazi orqali ishlaydi.
Favqulodda holatda togridan-togri 112 raqamiga qongiroq qilishingiz mumkin.
Bundan tashqari muhim maslahat liniyalari ham mavjud:
Alo 170: Mehnat hayoti ishchi huquqlari va ishlash ruxsatnomasi bilan bogliq masalalar boyicha malumot olishingiz mumkin.
Alo 157: Migratsiya boshqarmasi maslahat liniyasi.
Chet elliklarning yashash ruxsatnomasi va migratsiya masalalari boyicha malumot beradi.
Shuningdek zarur hollarda Ozbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Istanbuldagi bosh konsulxonasiga yoki Migratsiya Agentligi vakolatxonasiga ham murojaat qilishingiz mumkin.
Telefon xavfsizligi
Kochada tanimagan odamlarga qongiroq qilish uchun telefoningizni bermang.
Chunki telefon raqamingiz sizning nomingizga rasmiy royxatdan otgan boladi.
Agar shu raqam orqali jinoyat sodir etilsa masalan firibgarlik yoki noqonuniy aloqalar siz ham muammoga duch kelishingiz mumkin.
Aeroportda ehtiyot boling
Aeroportda yoki safar vaqtida tanimagan shaxslarning jamadon yoki paketlarini olib otish taklifini qatiyan qabul qilmang.
Bunday holatlar jiddiy huquqiy muammolarga sabab bolishi mumkin.
Oz huquqlaringizni biling
Turkiyada ishlayotgan chet elliklarning bir qator qonuniy huquqlari mavjud.
Bu huquqlarni bilish va kerak bolganda ulardan foydalanish Turkiyada xavfsiz va barqaror hayot kechirishingizga yordam beradi.
Telegram migrantuz
TikTok
Instagram migrantuzb
YouTube
Facebook
ВКонтакте
Rasmiy veb-sayt:
патент регистрация migrant migrantuz
Источник: rutube.ru