Chet elga chiqishning muhim maqsadlaridan biri iqtisodiy jihatdan jamgarma qilishdir.
Shu sababli daromad va xarajatlaringizni togri boshqarish juda muhim.
Bank hisob raqami ochish
Turkiyada bank hisob raqami ochish uchun odatda pasport va Internet Vergi Dairesi orqali olinadigan Potansiyel Vergi Kimlik Numarası potensial soliq raqami talab qilinadi.
Yashash ruxsatnomasi yoki yabancı kimlik numarası olganingizdan keyin bank operatsiyalarini amalga oshirish ancha osonlashadi.
Bank kartangizni internet bank xizmatlari parolini yoki mobil bank malumotlarini hech qachon boshqa odamlar bilan ulashmang.
Tejash va xarajatlarni rejalash
Turkiyada inflyatsiya va yashash xarajatlari vaqti-vaqti bilan ozgarib turishi mumkin.
Shu sababli xarajatlaringizni rejalashtirib yurish foydali boladi.
Market xaridlarida aksiyalarni kuzatish va bazi mahsulotlarni internet orqali sotib olish kopincha arzonroq boladi.
Internetda narxlarni solishtirish uchun Cimri va Akakçe kabi saytlar yordam beradi.
Shahar ichidagi transport uchun har bir shaharning oz transport kartasi mavjud.
Masalan
Istanbulda İstanbulkart
Antaliyada Antalyakart
Ankarada Ankarakart
Bu kartalarni olib ichiga pul yuklab ishlatsangiz transport xarajatlari ancha arzon boladi.
Pul yuborish
Vatanga pul yuborishda bank ilovalari yoki ishonchli pul otkazma tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Quyidagi xalqaro pul otkazma tizimlari keng tarqalgan:
Western Union
MoneyGram
Zolotaya Korona
Tanish bolmagan odamlarga komissiya evaziga qolma-qol pul berish yoki norasmiy yollar orqali pul yuborishdan qatiyan saqlaning.
Moliyaviy xavfsizlik
Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirganda ehtiyot bolish juda muhim.
Bank hisobingizdan boshqa odamlar foydalanishiga ruxsat bermang.
Bank kartangiz yoki parol malumotlaringizni hech kim bilan bolishmang.
Telefon yoki internet orqali sizdan pul talab qiladigan shaxslarga nisbatan ehtiyot boling.
Turkiyada bank orqali IBAN orqali kimlargadir pul yuborayotganingizda açıklama izoh qismiga pul nima uchun yuborilayotganini albatta yozing.
Masalan qarz tolovi ijara puli kommunal tolovlar
Izohsiz yuborilgan pullar keyinchalik huquqiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Telegram migrantuz
TikTok
Instagram migrantuzb
YouTube
Facebook
ВКонтакте
Rasmiy veb-sayt:
патент регистрация migrant migrantuz
Источник: rutube.ru