Bolgariya madaniyati va odob qoidalari


Bolgariya qadimiy tarixga ega Yevropa va Osiyo uygunlashgan gozal yurt.
Bu yerda mehmonlarni samimiy kutib olishadi.
Lekin har bir mamlakatning oz madaniyati bor va unga hurmat bilan yondashish juda muhim. Birinchi narsa bolgarlarda bosh irgash biznikiga teskari.
Boshni yuqoridan pastga qimirlatish ularda yoq degani yon tomonga qimirlatish esa ha degani.
Adashib ketmaslik uchun oddiygina da yoki net deb gapirgan maʼqul. Odamlar bilan muomalada xushfeʼllik odob va tartibni saqlang.
Bolgarlar ochiq va yordamga tayyor xalq.
Lekin ular shaxsiy hayotga haddan tashqari aralashishni yoqtirishmaydi buni hurmat bilan qabul qiling. Vaqtga munosabat ham jiddiy.
Ishga kechikish yoki bergan vaʼdani bajarmaslik siz haqingizda yomon taassurot qoldiradi.
Vaqtni qadrlang bu yerda u juda muhim. Bosh vaqtda bolgarlar tabiatga chiqishni piyoda yurishni va oila bilan vaqt otkazishni yaxshi korishadi.
Dam olish kuni odatda yakshanba.
Dindorlar uchun pravoslav bayramlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bozorda dokonda yoki davlat idoralarida navbatga qatʼiy rioya qilinadi.
Navbatni buzish bu yerda oddiy odobsizlik emas jiddiy hurmatsizlik deb qaraladi. Endi bir muhim narsa haqida.
Siz boshqa yurtdasiz.
Stress uy soginchi madaniy farqlar bularning barchasi ruhiy bosim keltirishi mumkin.
Bu tabiiy hol.
Ozingizni ayblamang.
Agar ogir bolsa ish beruvchingiz yoki vakil tashkilot orqali psixologik yordam sorang. Xotirjamlik ozaro hurmat va yumshoq muomala har qanday murakkab vaziyatni hal qilishning eng yaxshi yoli. Va nihoyat doim yodingizda tuting: siz Bolgariyada nafaqat ishchisiz siz Ozbekiston vakilisiz.
Sizning har bir hatti-harakatingiz mamlakatimiz shaʼniga taʼsir qiladi.

Источник: rutube.ru

Сообщение от Commenton: Необходимо стартовать сессию